O‘zbekistonga 2 oyda qancha yengil avtomobil import qilingani ochiqlandi
O‘zbekiston 2024-yilning yanvar-fevral oylarida xorijdan qiymati 383,1 mln dollarga teng bo‘lgan 17 553 dona yengil avtomobil import qilgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
foto: Ipaknews
Maʼlum qilinishicha, yengil avtomobil importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12 527 taga oshgan.
O‘zbekistonga 2024-yilning 2 oyida eng ko‘p yengil avtomobil import qilingan davlatlar:
- Xitoy – 12 808 ta
- Janubiy Koreya – 4 176 ta
- AQSH – 455 ta
- Yaponiya – 29 ta
- Germaniya – 27 ta
Shuningdek, O‘zbekistonda fevral oyida avtomobil bozorida faollikning sezilarli pasayishiga qaramay, yangi yengil avtomobillar segmentida yil davomida sotuvlar 8,4 foizga oshgani aytilgandi.