“Ochiq byudjet” portalida “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2024-yildagi 1-mavsumi g‘olib loyihalari eʼlon qilindi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
foto:Nurota.uz
Unga ko‘ra, respublika bo‘ylab 2 254 ta mahalla bo‘yicha jami 2 770 ta loyiha g‘olib deb topildi. Ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 3,3 trln so‘m yo‘naltiriladi.
Ovoz berish jarayonlarida mamlakat bo‘ylab 11,7 million nafar fuqaro ishtirok etdi.
G‘olib loyihalar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.