Bugun poytaxt ko‘chalari bo‘ylab harbiy texnikalar harakatlanadi

06.04.2024 00:00 O'zbekiston 4

Mudofaa vazirligi poytaxt ko‘chalari bo‘ylab harbiy texnikalar harakatlanishidan ogohlantirdi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligining asosiy tadbirlar rejasiga muvofiq, 6-aprel kuni Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari bo‘linmalari ishtirokida maxsus-taktik o‘quvlar boshlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

photo_2024-04-06_09-44-58

foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, mazkur o‘quvlar bo‘linmalarning jangovar shayligini yanada oshirish, o‘zaro uyg‘unlik harakatlarini muvofiqlashtirish hamda professional darajada harakatlanish ko‘nikmalarini baholash maqsadida tashkil etilgan. Taktik o‘quvlarda harbiy okrug qo‘shinlari bo‘linmalarining zirhli texnikalari, harbiy yengil zirhli va yuk avtomobillarining Toshkent viloyati va Toshkent shahrining belgilangan marshrutlari bo‘yicha harakatlanishi rejalashtirilgan.
Harbiy texnikalar harakati vaqtida haydovchilarga yo‘l harakati qoidalari va harakat xavfsizligiga qat’iy rioya qilish tavsiya qilinadi, — deyiladi xabarda.