Joriy yilning I choragi davomida soliq tushumlari 40 trln so’mdan ortdi
foto:getty Image
Respublika bo‘yicha 2024-yil I choragida soliq organlari tomonidan budjetga 40,3 trln so‘mdan ortiq tushumi ta’minlandi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,5 %ga ko‘p.
Soliq turlari kesimida tushum (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish):
- foyda solig‘i 9,7 trln so‘m (1,8%);
- QQS 8,4 trln so‘m*;
- JShODS 7,7 trln so‘m (17%);
- yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq 4,3 trln so‘m (20,3%);
- aksiz solig‘i 3,4 trln so‘m (3%);
- yer solig‘i 1,8 trln so‘m (30,1%);
- mol-mulk solig‘i 1,7 trln so‘m (30,5%);
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 239,5 mlrd so‘m (16,4%).