Velotrek boʻyicha “Tashkent City Women Professional Cycling Team” jamoasi Shveysariyadagi “Lifeʻs An Omnium Madison” musobaqasida ishtirok etmoqda.
Quvonarlisi, O‘zbekistonlik sportchilar ushbu turnirda 2 ta oltin medalga sazovor bo’lishdi. Shiddatli ruhda kechgan bellashuvlarda Nafosat Koziyeva ochkolar poygasi, Margarita Misyurina esa sprint dasturida tengsiz bo’ldi.
Ochkolar poygasi:
1. Nafosat Koziyeva (O’zbekiston)
2. Martina Alzini (Italiya)
3. Valentina Zanzi (Italiya)
Sprint:
1. Margarita Misyurina (O’zbekiston)
2. Alina Zeyts (Shveysariya)
3. Ori Bash (Isroil)