Qoraqalpog'istonda "Orol turizmi" haftaligi o'tkaziladi

11.04.2024 00:00 O'zbekiston 5

Joriy yilning 16-19-aprel kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasining Nukus shahri va Mo'ynoq tumanida "Orol turizmi" haftaligi o'tkaziladi

55cbb75c776d7d9f2bd3df5f0d19191f

Yuz.uz saytidan olingan surat

Turizm qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, haftalik doirasida "Orolbo'yi ezgu niyat elchilari" xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, "Orol rassomlar nigohida" ijodiy ko'rgazmasi va pleneri hamda "Aral Dea Eco Race" poygasi bo'lib o'tadi. Shuningdek, yosh havaskor va professional rassomlarning Orol haqidagi rasmlari namoyish qilinadi.

Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilarini "Orol baliqlaridan 99 turdagi taomlar" gastronomik festivali hamda tarixiy obidalarga unutilmas sayohatlar kutmoqda.