Bayram va dam olish kunlari ayrim banklar ishlaydi

11.04.2024 00:00 O'zbekiston 5

Markaziy bank bayram va dam olish kunlari ayrim banklarning valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari ishlashini ma’lum qildi.

e12f5bbc71f67d3015f4b58f68d8aaf6

yuz.uz saytidan olingan surat.

O‘zbekiston milliy axborot agentligi e'lon qilgan xabarga ko‘ra, quyidagi banklarning valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat yuritadi.  

Xususan, «Ipak yo‘li bank», «O‘zmilliy bank», «Biznesni rivojlantirish banki», «Agrobank», «Hamkorbank», «Trastbank», «Turonbank», «Aloqabank», «Sanoatqurilishbank», «Xalq banki», «Asakabank», «Infinbank», «Ipoteka bank», «Garant bank», "Poytaxtbank", «Asia Alliance bank», «Octobank», «Universalbank», «Orient Finans Bank», «Hayotbank», «Tengebank», «Davrbank», «Anorbank» ish faoliyatini olib boradi.

Bu banklar «24/7» rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali hamda bank binosiga tashrif buyurmagan holda kunning istalgan vaqtida tijorat banklarining mobil ilovalari orqali valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish imkoniyatlari ham mavjud.