Joriy yilning 15-20-aprel kunlari Dushanbe shahrida O‘zbekiston kinosi kunlari bo‘lib o‘tadi.
Bugun O‘zbekiston delegatsiyasi Tojikistonga yetib borgan. Xabarlarga ko‘ra, Dushanbe xalqaro aeroportida mehmonlarni mas’ul shaxslar kutib oldi.
Poytaxt kinoteatrlarida, shuningdek, Hisor, Vaxdat, Varzob shaharlaridagi madaniyat saroylarida “Abdullo Oripov”, “Sudya”, “O‘zgarish”, “Judo bo‘lsin!” nomli o‘zbek badiiy filmlari tomoshabinlarga namoyish etiladi.
Dasturga ko‘ra, ertaga Tohir Sobirov nomidagi kinoteatrda O‘zbekiston kino kunlari munosabati bilan OAV vakillari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi.