Toshkentda “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” strategik muloqoti bo‘yicha tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

15.04.2024 00:00 O'zbekiston 6

Toshkentda “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” strategik muloqoti bo‘yicha tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

photo_2024-04-15_22-38-59

Anjumanda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Bahrayn, Qatar, Kuvayt, BAA, O‘mon va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston, xususan, Toshkent shahri, Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari xalqlari o‘rtasidagi ko‘p asrlik tarixiy aloqalar, madaniy almashinuvlar va bugungi kunda o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun ulkan salohiyatga asoslangan mintaqalararo bog‘liqlikning yangi formatiga amaliy sur’at bag‘ishlaydigan manzilga aylanmoqda.

photo_2024-04-15_22-38-58

Uchrashuv kun tartibidan 2023-yil 19-iyul kuni Jidda shahrida bo'lib o'tgan Markaziy Osiyo va Ko'rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi yetakchilarining birinchi sammitida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, siyosat, xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va atrof-muhitni himoya qilish yo'nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokamasi o'rin oldi

Shuningdek, 2025-yilda Samarqandda o'tkazilishi rejalashtirilgan "Markaziy Osiyo – Ko'rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" formatidagi navbatdagi oliy darajadagi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha fikr almashildi.