O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichi munosabati bilan bayonot berdi.

15.04.2024 00:00 O'zbekiston 6

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichi munosabati bilan rasmiy bayonot berdi.

OE4cjk16907825821744_b

"O‘zbekiston Respublikasi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda, – deyiladi O‘zbekiston TIV bayonotida. – O‘zbekiston tomoni barcha taraflarni bosiqlikka, harbiy harakatlarni davom ettirishdan tiyilishga hamda mojaroni eng qisqa fursatlarda siyosiy tartibga solish uchun mumkin bo'lgan barcha choralarni ko'rishga chaqiradi.

Mazkur mintaqadagi keskinlikning avj olishi yanada jiddiy oqibatlarga va keng ko'lamli harbiy qarama-qarshiliklarga olib kelishi mumkin deb hisoblaymiz", deyiladi bayonotda