Joriy yilning 21-aprelidan boshlab Samarqanddan Xitoyning eng yirik sanoat va tijorat shaharlaridan biri bo‘lgan Shinjon-uyg‘ur avtonom rayoni ma’muriy markazi Urumchi shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar tiklanadi. Bu haqda “Air Marakanda” MChJ matbuot xizmati ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, “China Southern Airlines” aviakompaniyasining reyslari haftada bir marta yakshanba kunlari Samarqanddan mahalliy vaqt bilan soat 1:30 da amalga oshiriladi.
Chiptalarni aviakompaniyaning veb-saytida xarid qilish mumkin