Afg‘oniston 120 ming litrga yaqin neftni O‘zbekistonga qaytarib yubordi

16.04.2024 00:00 O'zbekiston 5

“Tolibon” 120 ming litrga yaqin neftni sifati past bo‘lgani uchun O‘zbekistonga qaytarganini ma’lum qildi.

dQ8mbFW7L0N2cF1Foxn2eNaW-fmgRDyV

foto: Telegram / rtadari1

“Tolibon” standartlari milliy boshqarmasi Hayraton portidan hajmi 120 ming litrga yaqin ikkita neft vagonlarini O‘zbekistonga qaytarganini ma’lum qildi. 

RTA Dari nashri xabar berishicha, buning sababi sifatida neft sifati pastligi ko‘rsatilgan.

Standartlar milliy boshqarmasi Shayx Abu Nasr Farahiy portidan Eronga yana 19 ta past sifatli neft tankerini ham qaytargan.

Boshqarma afg‘on tadbirkorlaridan mamlakatga sifatsiz tovarlar olib kirilishi oldini olishni so‘ragan.