2024-yilda Parkentga milliondan ortiq turistni jalb qilish maqsad qilingan

16.04.2024 00:00 O'zbekiston 6

2024-yilda Parkentga 893 ming nafardan ziyod mahalliy, 117 ming nafardan ziyod xorijiy turistni jalb qilish maqsad qilingan

77f7995489e100e4ab91b687b6242970

Shu kunlarda Parkent tumaniga sayyohlar qatnovi ortdi. Hududdagi “So‘qoq” yoki “Qizil tog‘” kabi manzillari oilaviy dam oluvchilar bilan gavjum.

Hududda oxirgi ikki yildan beri sayyohlar gavjum bo‘layotgan manzillardan yana biri Achchiqko‘ldir.  Ko‘l va uning atroflari qamishzor. Ko‘lni baland qir-adirlar o‘rab turadi. Mazkur ko‘lda oltingugurt hidli shifobaxsh qora balchiq mavjud bo‘lib, bu joy davo istab keluvchilar bilan doim gavjum. Sayyohlar yashil tabiatdan bahra olib, suratlarga tushmoqda. Bolalar esa varrak uchirmoqda. Umuman olganda, barcha manzillarda hordiq chiqarayotganlarning kayfiyati chog‘.

Hozir Parkent tumanining turistik salohiyati 2021 yilga nisbatan 3,5 barobarga oshdi. Joriy yilda hududga 893 ming nafardan ziyod mahalliy, 117 ming nafardan ziyod xorijiy turistni jalb qilish maqsad qilingan. Buning uchun zarur tashkiliy choralar ko‘rilgan.