Xitoyda eng yirik savdo ko‘rgazma – Canton yarmarkasi boshlandi.
Guanchjou shahrida Xitoy import va eksport ko‘rgazmasining 135 sessiyasi o‘z ishini boshladi. Bu tadbir mamlakatdagi eng yirik savdo ko‘rgazmasi sifatida tanilgan.
![]()
Yarmarkada 30 mingga yaqin kompaniya ishtirok etmoqda. Ularnining 680 tasi xorijiy kompaniya sanaladi. 4300 ta korxona esa o‘z mahsulotlarini ilk bor namoyish etmoqda.
Joriy yilning 5-mayiga qadar davom etadigan ko‘rgazmaning umumiy maydoni 1,55 million kvadrat metr. Ko‘rgazma-yarmarkada dunyoning 200 ga yaqin davlatidan 145 ming xaridor ro‘yxatdan o‘tgan. U yerda milliondan ortiq yangi mahsulotlar namoyish etiladi.