Nukusda “II Markaziy Osiyo Chang” xalqaro konferensiyasi o‘tmoqda

16.04.2024 00:00 O'zbekiston 5

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Orol dengizining qurigan hududida atrof-muhitni asrash muammosiga bag‘ishlangan “II Markaziy Osiyo Chang” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda O‘zbekiston milliy axborot agentligi xabar qildi.

7K4N5HO0kCYIqSrxwZFJRJOJK7eLKMDq_front

Uza.uz saytidan olingan surat.

Qayd etilishicha, anjumanda mamlakatimiz hamda 80 ga yaqin davlatdan vakillar ishtirok etmoqda.  

Konferensiyaning asosiy maqsadi jahon ilm-fani jamoatchiligining Orol dengizi bo‘yidagi muammolarga yechim topishga e’tiborini jalb qilishdir.  

c7cSy8iLfTfquL1KU2Ma0eukGT5rO5cx_front

 

Uza.uz saytidan olingan surat.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan Orol muammolarini kamaytirish, aholining turmush sharoitini yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Tadbirda ayni jihatlarga urg‘u berilgan. Xususan, Janubiy Orolbo‘yi hududi antropogen landshaftidagi qush ekologiyasi to‘liq o‘rganilmaganligi, shu sababli Janubiy Orolbo‘yi antropogen landshaftlari ornitofaunasiga iqlim faktorlarining ta’sirini har tomonlama o‘rganish zarur ekanligi qayd etildi. 

“II Markaziy Osiyo Chang” xalqaro konferensiyasi 22-aprelgacha davom etadi.