O‘zbekistondagi eng qadimiy nashrlardan biri 110 yilligini nishonladi

16.04.2024 00:00 O'zbekiston 5

Farg‘onada “Sadoi Farg‘ona” gazetasining ilk soni chop etilganining 110 yilligiga bag‘ishlab respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Nashrning milliy matbuot rivojidagi o‘rniga bag‘ishlangan tadbir Farg‘ona viloyati hokimligi, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi hamkorligida tashkil etildi. Anjumanda respublikamizdagi qator ommaviy axborot vositalari rahbarlari, oliy o’quv yurtlari, Fanlar akademiyasi tizimi vakillari, vodiy viloyatlari OAV vakillari jam bo’ldi.

2024-04-16_165721

So‘zga chiqqanlar 1914-yilda “Sadoi Farg‘ona” gazetasiga asos solgan Obidjon Mahmudov, Ashurali Zohiriy, Hamza, Cho‘lponlarning tarixiy xizmatlarini ta’kidladilar.

Nashr tashkil etilganining ilk kunlaridanoq aholini til o‘rganishga chaqirdi, shu bilan birga ona tilini ravon bilish, uni asrab-avaylash va rivojlantirish muhimligini birinchi o‘ringa qo‘ydi, ta’lim-tarbiyani targ‘ib qildi.

Gazeta yangi qiyofada “Fargʻona haqiqati” - «Ферганская правда»  nomi bilan nashr etiladi. OAV majoziy ma’noda aytganda, tarixan uch tuzum va uch mafkura minbariga aylangan qiyin davrlarni boshidan kechirdi. Bugungi kunda nashrdan zamonaviy O‘zbekistonning kundalik hayoti, viloyat va mamlakat aholisi uchun dolzarb bo‘lgan voqealar, tahliliy maqolalar va ekspertlarning fikri o‘rin olgan.

Anjuman ishtirokchilari zamonaviy o‘zbek matbuoti va jurnalistikasining muammolarini muhokama qildilar. Konferensiya mavzusiga bag‘ishlangan maqolalar alohida to‘plamda chop etildi va ularning taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.