NATO mutaxassislari O‘zbekiston Qurolli kuchlari kursantlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazmoqda
foto: O‘zbekiston Qurolli kuchlari
Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti (NATO) mutaxassislari O‘zbekiston Qurolli kuchlari Kichik mutaxassislar tayyorlash markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi
Dastlab delegatsiya a’zolariga markazning o‘quv-moddiy bazasi va o‘quv xonalarida yaratilgan sharoitlar tanishtirilgan. Shundan so‘ng mehmonlarning o‘zaro tanishuv suhbati hamda mas’ul shaxslar ishtirokida brifing o‘tkazilgan.
Brifing davomida markaz shaxsiy tarkibi va kursantlarga NATO harbiy hamkorligi to‘g‘risida tegishli ma’lumotlar berildi, deyiladi xabarda.
NATO xodimlari markazda o‘qiyotgan kursantlar uchun harbiy alyansga a’zo davlatlarda serjantlarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha bir qator mavzularda mashg‘ulotlar tashkil etgan hamda mavzu bo‘yicha o‘zaro fikrlar almashgan.
Hamkorlikdagi o‘quv-uslubiy mashg‘ulotlar 20-aprelga qadar davom etadi.