O‘zbekiston va Turkmaniston TIV rahbarlari Toshkentda bo'lib o'tgan siyosiy maslahatlashuvlar chog'ida ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibini muhokama qildilar

17.04.2024 00:00 O'zbekiston 5

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o'rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashdi.

1713326876478_12jpg

"Dunyo" axborot agentligidan olingan surat.

"Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o'rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov janoblari bilan uchrashishdan doim mamnunmiz. Mamlakatlarimiz o'rtasidagi chuqurlashgan strategik sheriklikni yanada kengaytirish kun tartibimizdagi asosiy mavzu bo'ldi. O‘zbekiston va Turkmaniston rahbarlari aloqalarimizdagi yuksak ijobiy sur'atni davom ettirish uchun mustahkam poydevor barpo etmoqdalar. Bugun Vazirligimizda bo'lib o'tgan siyosiy maslahatlashuvlar chog'ida biz hamkorlikning barcha yo'nalishlari bo'yicha o'z oldimizga qo'ygan maqsadli vazifalarni, shuningdek, mintaqaviy kun tartibini ko'rib chiqdik. Ikki vazirlikning tegishli bo'limlari o'rtasida muntazam almashinuvlarni yo'lga qo'yishni taklif etdik"  – deb yozgan Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o'zining telegram kanalida.