Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirilib, seysmik xavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirladi

18.04.2024 00:00 O'zbekiston 6

“Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda O‘zbekiston milliy axborot agentligi tomonidan xabar qilindi. 

5f6118b3cc3fe05ceee499eb7a42

Norma.uz saytidan olingan surat.

Qayd etilishicha, qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-iyundan MSK-64 shkalasi bo‘yicha 8 va undan yuqori ballik seysmik faol zonalarda yangi qurilishi rejalashtirilayotgan 5 qavatdan yuqori tibbiyot obyektlari hamda 9 qavatdan yuqori binolarni aktiv seysmik himoyalash qurilmalari, shu jumladan seysmoizolyatsiya va dempfer uskunalari bilan loyihalash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.  

2024-yil 1-iyuldan yangi qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili III – IV toifa bo‘lgan obyektlarga bino va inshootlarning yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarini avtomatik monitoring qilish uskunasini o‘rnatish majburiy etib belgilanadi.  

2024-yil 1-iyulgacha respublikaning barcha tuman va shaharlari hududlari kesimida mintaqaviy akselerogrammalar raqamlashtiriladi hamda ularning onlayn bazalari shakllantiriladi.  

2024-yil 1-avgustdan xavflilik omili III – IV toifa bo‘lgan obyektlarni hududning zilzilalar kuchini ko‘rsatib beruvchi mintaqaviy akselerogrammalar bazalaridan kelib chiqib loyihalash va qurish tartibi joriy etiladi.  

2024-yil 1-iyundan yangi qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili III – IV toifa bo‘lgan obyektlarda gaz va elektr tarmoqlarini kuchli zilzila paytida avtomatik bloklash tizimi bilan loyihalash tartibi joriy etiladi.  

2024-yil 1-iyulgacha texnik holati qoniqarsiz deb topilgan mavjud bino va inshootlarni “kompensatsion inyeksiya texnologiyasi orqali mustahkamlash va deformatsiyani oldingi holatiga qaytarish” uslubi orqali qayta tiklash ishlari eksperiment tariqasida amalga oshiriladi. 

2024-yil 1-maydan zilzila xavfi va prognoziga oid xulosalarni har oyda joylardagi hokimliklarga kiritish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.