21-aprel kuni Toshkentning bir qator ko‘chalarida transportlar harakati cheklanadi

19.04.2024 00:00 O'zbekiston 6

Toshkent shahrida 21-aprel kuni ikkita marafon o‘tkazilishi munosabati bilan bir qator ko‘chalarda transportlar harakati cheklanadi.

21-aprel kuni poytaxtda oltinchi BYD Tashkent xalqaro marafoni va “Yangi nafas” marafoni bo‘lib o‘tadi

15548138_0_46_900_552_1920x0_80_0_0_8a541fa7726aa6a48665a0af9a343a92

foto:Google Image

Shu munosabat bilan soat 4:30 dan 14:00 ga qadar quyidagi ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi:

  • Afrosiyob ko‘chasi — Islom Karimov shoh ko‘chasi bilan chorrahadan Oybek ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
  • Oybek ko‘chasi — Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Nukus ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
  • Nukus ko‘chasi — Oybek ko‘chasi bilan chorrahadan Abdulla Qodiriy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
  • Abdulla Qodiriy ko‘chasining bir qismi — Nukus ko‘chasi bilan chorrahadan Qorasaroy va Zarqaynar ko‘chalari chorrahasigacha;
  • Abdulla Qodiriy ko‘chasining bir qismi — Qorasaroy va Zarqaynar ko‘chalari bilan kesishgan joyidan Shahrisabz ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasigacha;
  • Shahrisabz ko‘chasining bir qismi — Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan chorrahadan Amir Temur shoh ko‘chasi bilan chorrahagacha;
  • Afrosiyob ko‘chasi — Oybek ko‘chasi bilan kesishgan qismidan Sharof Rashidov shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
  • Sharof Rashidov shoh ko‘chasi — Afrosiyob ko‘chasi bilan chorrahadan Islom Karimov shoh ko‘chasigacha;
  • Islom Karimov shoh ko‘chasi — Sharof Rashidov ko‘chasi bilan chorrahadan Afrosiyob ko‘chasigacha.