Qirg‘izistonda bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi

19.04.2024 00:00 O'zbekiston 6

Qirg‘izistonda soat 20:15 da sodir bo‘lgan zilzila kuchi Toshkent shahri, Sirdaryo va vodiy viloyatlarida ham sezildi (2 ball).

EMD9jk17134750025685_b

18-aprel kuni soat 20:15 da Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila ta’siri O‘zbekistonning ayrim viloyatlarida ham sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring respublika markazi ma’lum qildi.

Epitsentrdagi zilzila magnitudasi — 5,2. Chuqurligi esa 120 kilometrni tashkil qilgan. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha bo‘lgan masofa — 191 km janubiy-sharqda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Farg‘ona viloyatida 2 ball, 125 km.
  • Andijon viloyatida 2 ball, 162 km.
  • Namangan viloyatida 2 ball, 163 km.
  • Sirdaryo viloyatida 2 ball, 189 km.
  • Toshkent shahrida 2 ball, 190 km.