Toshkentda xokkey bo‘yicha Osiyo va Okeaniya kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tadi

21.04.2024 00:00 O'zbekiston 4

Joriy yilning 23-28-aprel kunlari mamlakatimizda xokkey bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar toifasidagi jamoalar o‘rtasida Osiyo va Okeaniya kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston milliy axborot agentligi xabar berdi.

Humo_Arena

Qayd etilishicha, mazkur bahslar oldidan tashkiliy qo‘mita tomonidan o‘yinlar taqvimi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston U-18 terma jamoasi ilk uchrashuvni 23-aprel kuni Eron terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Shuningdek, mamlakatimiz yosh xokkeychilari 25-aprelda Malayziya, 27-aprel kuni Quvayt, 28-aprelda esa Tailand terma jamoalari bilan kuch sinashishi belgilandi.

Osiyo va Okeaniya kubogi o‘yinlari Toshkent hamda Samarqand shaharlarida tashkil etiladi.