“Orient Silk Road Express” ilk lyuks poyezdi xorijlik sayyohlarni O‘zbekistonning tarixiy shaharlari bo‘ylab olib o‘tib, Toshkentga yetib keldi, deb xabar qiladi “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi.
Ta’kidlanishicha, kompaniya xalqaro turizmni rivojlantirish maqsadida joriy yilda Germaniyaning “Lernidee Erlebnisreisen” va Angliyaning “Golden Eagle Luxury Trains” kompaniyalari bilan hamkorlikda 14 ga yaqin charter sayyohlik poyezdlarini ishga tushirishni rejalashtirgan.
Charter poyezdlar Avstriya, Angliya, Germaniya, Gollandiya, Indoneziya, Irlandiya, Ispaniya, Kanada, Lyuksemburg, Malayziya, AQSH, Fransiya va Shveysariyadan tashrif buyurgan sayyohlarga xizmat ko‘rsatadi.