Oʻquvchilardan sinf fondiga majburiy pul yigʻgan oʻqituvchi ishdan boʻshatildi

22.04.2024 00:00 O'zbekiston 4

Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi 257-maktabda oʻquvchilardan maktab fondiga majburiy pul yigʻilgani haqida xabar tarqalgan edi. Toshkent shahar maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi boshqarmasi ushbu holat yuzasidan ma'lumot berdi.

1J6AvHtWjyOcJOEOUGUWYLKCYoBDFSlNFOkJXVEC

Qayd etilishicha, Yunusobod tumanidagi 257-maktab oʻqituvchisi N.N noqonuniy xatti-harakatni sodir etganligi sababli maktab maʼmuriyati u bilan tuzilgan shartnomani bekor qilgan. "Oʻqituvchi ishdan boʻshatilgan" deyiladi xabarda.

Shuningdek, ishchi guruh tomonidan umumtaʼlim muassasasida tekshirish ishlari ham tashkil etilgan.