Xitoylik ishbilarmon doira vakillarining Namangan viloyati imkoniyatlariga katta qiziqishlari natijasi oʻlaroq “Namangan – Xitoy” formatidagi “Investitsiya va biznes forumi” yuksak saviyada, koʻtarinki kayfiyatda oʻtdi.
![]()
Gov.uz – Hukumat portali e'lon qilgan surat.
Forumning ikkinchi kuni Namangan shahridagi “Maʼrifat markazi”da davom etdi.
Anjuman Oʻzbekiston Respublikasi hamda Xitoy Xalq Respublikasining Davlat madhiyalari ijrosi bilan boshlandi.
![]()
Gov.uz – Hukumat portali e'lon qilgan surat.
Tadbirda Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov mehmonlarni samimiy qutlab, viloyatning iqtisodiy salohiyati, tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi mavjud imkoniyatlar haqida maʼruza qildi.
Anjumanning kulminatsion voqeasi - “Namangan – Xitoy” formatidagi “Investitsiya va biznes forumi” yakunida kelishuv va memorandumlarni imzolash jarayoni boʻlib oʻtdi.
Eʼtiborlisi, 30 ga yaqin investitsion loyihalar boʻyicha shartnomalar imzolandi.
Loyihalarning umumiy qiymati 967,5 mln. AQSH dollariga teng.
![]()
Gov.uz – Hukumat portali e'lon qilgan surat.