Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Gonkongda oʻtayotgan Osiyo chempionatida dastlabki oltin medalini qoʻlga kiritdi. Bu haqida O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan xabar qilindi.
Qayd etilishicha, -100 kg vazn toifasida kurash olib borgan Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlari chempioni Muzaffarbek Toʻraboyev barcha raqiblarini magʻlub etib, oltin medal sohibiga aylandi. Yurtdoshimiz finalda BAA vakili Jafar Kostoyevdan ustun keldi.