Aholining ichimlik suvi bilan ta‘minlanganlik darajasi e‘lon qilindi

23.04.2024 00:00 O'zbekiston 4

O‘zbekistonda aholisi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi eng past hudud ma’lum bo‘ldi. 

IMG_1920

foto:Darakchi.uz

“O‘zsuvta’minot” respublika miqyosida hududlar kesimida aholining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha ma‘lumot taqdim etdi. 

Unga ko‘ra, Toshkent shahri 97,7 foiz , eng quyi natija — Qashqadaryo viloyatida 59,4 foizni tashkil etmoqda.

Qolgan hududlard a quyidagicha:

  • Andijon viloyatida – 90,9 foiz
  • Buxoro viloyatida – 73,2 foiz
  • Jizzax viloyatida – 70,4 foiz
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 72,4 foiz
  • Farg‘ona viloyati – 79,4 foiz
  • Xorazm viloyati – 90,4 foiz
  • Samarqand viloyati – 75,4 foiz
  • Namangan viloyati – 82,7 foiz
  • Sirdaryo viloyati – 86,9 foiz
  • Surxondaryo viloyati – 62,9 foiz
  • Toshkent viloyati – 79,4 foiz.