Navoiy va Toshkentda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari muomalaga kiritilishining oldi olindi
foto: Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati
Navoiy shahri va Toshkent shahrining Bektemir tumanida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
Shu kabi departamentning Bektemir tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda “Sharq” YPX postida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Lacetti rusumli avtotransport vositasi to‘xtilib ko‘zdan kechirilganda, yo‘lovchi Y.M.ning yonida 34 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi va 10 gramm “Pregabalin” nomli modda borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.