O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun mamlakatimizga tashrif bilan kelgan Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri, ayni damda tashqi ishlar, Hamdo'stlik va taraqqiyot masalalari bo'yicha davlat kotibi Devid Kemeron bilan uchrashdi.
Foto: "Dunyo" AA
"Buyuk Britaniyaning Tashqi ishlar, Hamdo'stlik va taraqqiyot masalalari bo'yicha davlat kotibi Devid Kemeron janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o'zining telegram kanalida. – Suhbatimiz samarali va mazmunli bo'lib, barcha sohalar bo'yicha O'zbekiston-Buyuk Britaniya aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan asosiy vazifalarni belgilash imkonini berdi. Iqtisodiy munosabatlarni jadallashtirishga alohida e'tibor qaratdik. Britaniya tomonining ishbilarmon doiralar o'rtasidagi to'g'ridan-to'g'ri aloqalarni va ta'lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini qadrlaymiz. Shuningdek, Keng qamrovli sherikchilik to'g'risidagi deklaratsiya hamda Mintaqaviy va xalqaro bog'liqlik hamda infratuzilma sohalaridagi hamkorlik to'g'risidagi anglashuv memorandumini imzoladik" deya yozgan Baxtiyor Saidov