Namangandagi arxeologiya yodgorligi 6,9 mlrd so‘m zarar yetkazildi

24.04.2024 00:00 O'zbekiston 6

Namangandagi arxeologiya yodgorligi hududida uy qurish uchun qabrlar buzilib, 6,9 mlrd so‘m zarar yetkazildi

Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan birgalikda tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish va saqlashga qaratilgan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

2024-04-23 21.52.56-4e04ZLu2

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Maʼlum qilinishicha, Yangi Namangan “Go‘zal” mahallasida joylashgan “Bo‘zchi mozor” arxeologiya yodgorligining 0,17 ga yer maydonida fuqaro A.Q. tomonidan uy-joy qurish maqsadida XVI-XVII asrlarga oid qabrlar buzib yuborilib, qadimiy obyektga juda ko‘p miqdorda 6,9 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi.

Tekshirishlar natijasiga ko‘ra jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.