O‘zbekistonda gaz va neft qazib olish, benzin ishlab chiqarish keskin qisqardi
O‘zbekistonda 2024-yilga kelib gaz va neft qazib olish, benzin ishlab chiqarish keskin qisqardi. Bu haqda Statistika agentligi hisobotida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, 2024-yilning mart oyi davomida gaz qazib olish 2023-yildagi ko‘rsatkichdan ham qisqargan. Bu oyda 3,9 milliard kubdan kamroq gaz qazib olinib, 2019-yildagi holat bilan solishtirilganda 1,4 milliard kub kam gaz qazilgan.
Statistika agentligining neft qazib olish borasidagi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning mart oyida neft qazib olish 60,6 ming tonnagacha qisqargan. O‘tgan yilning martiga nisbatan cho‘kish 7,6 ming tonnani tashkil etgan.
Neft qazib olish bilan sinxron qulayotgan benzin ishlab chiqarish hajmi 119,5 ming tonnani tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning tegishli davri bilan solishtirganda 1,9 ming tonna kam