O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Rossiya tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Mixail Galuzin bilan uchrashdi.
Foto: "Dunyo" AA
"Bugun TIVda Rossiya tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Mixail Galuzin janoblari bilan uchrashdik. Mamlakatlarimiz rahbarlari o'rtasida erishilgan barcha kelishuvlarni o'z vaqtida amalga oshirish masalalarini, shuningdek, O'zbekiston – Rossiya strategik sherikligining keng ko'lamli kun tartibini muhokama qildik" – deb yozdi Baxtiyor Saidov o'zining telegram kanalida.