Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish» kafedrasi professori Bozorboy Berkinov AQSHning Nyu-York fanlar akademiyasi aʼzoligiga qabul qilindi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri xabar berdi.
Foto: "Xalq so‘zi"
Ma'lumotda qayd etilishicha, Bozorboy Berkinov uzoq yillardan buyon ilmiy faoliyat bilan samarali shugʻullanib kelmoqda. Uning muallifligida 10 ta monografiya, 30 ta oʻquv-qoʻllanma hamda 5 ta darslik, 10 ga yaqin risolalari chop etilgan. Shuningdek, u dunyoning qator davlatlarida boʻlib, oʻz mutaxassisligi boʻyicha tajriba hamda malakasini oshirgan. Uning ilmiy rahbarligida bir nechta iqtisodiyot fanlari nomzodi, iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) yetishib chiqqan.