O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

26.04.2024 00:00 O'zbekiston 6

Bugun O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun. Shu munosabat bilan Andijon viloyatida qator tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri erta tongda shoir tug‘ilib o‘sgan Marhamat tumani Qovunchi mahallasida shoirning xonadonida o‘tkazildi. 

O‘zbekiston milliy axborot agentligi tomonidan xabar qilinishicha, Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligidagi bir guruh viloyat faollari, ijodkorlar shoir qabrini ziyorat qildi, Qur’on tilovat qilinib, uning xotirasi yodga olindi. 

Andijon shahridagi Muhammad Yusuf maydonida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70-yilligiga bag‘ishlangan adabiy, madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 

83tBGadC0LrjxKJRZFgvNzb7fWzO4jsE_front

Foto: Uza.uz

Tadbir avvalida ishtirokchilar tomonidan Muhammad Yusuf byusti poyiga gulchambarlar qo‘yilib, marhum shoirga ehtirom ko‘rsatildi. 

Viloyat hokimligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan, shoirning yuqoridagi kabi satrlari bilan boshlangan tadbirda shoir va yozuvchilar, adabiyot muxlislari, oliy o‘quv yurtlari, umumta’lim maktablari o‘qituvchi, talaba va o‘quvchilari, keng jamoatchilik vakillari, ijodkor yoshlar ishtirok etdi. 

6ljrEZCWIxIzNEbau2wjULggFZ182KQS_front

Foto: Uza.uz

Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Hojimatov, adib va adabiyotshunos, O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘ofurov, O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir shoir hayoti va ijodi, ayniqsa, uning yurtni, yuksak insoniy fazilatlarni ulug‘lovchi betakror satrlari xalqimiz qalbidan mustahkam joy olganligi, shoir she’rlari xalqimiz, yoshlarimiz qalbida vatanparvarlik, yurtga fidoyilik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidlashdi. Muhammad Yusufga bag‘ishlangan she’rlar o‘qildi. 

Tadbir adabiyot, she’riyat bayramiga aylanib ketdi. 

HUCmArxC4tdNCbYhAElTpN8Cxi6YZlUR_front

Foto: Uza.uz

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan shoirning go‘zal she’rlaridan namunalar o‘qildi. San’atkorlarning shoir hayotidan aks ettirilgan sahna ko‘rinishlari esa tadbirga o‘zgacha fayz kiritdi. 

Tadbir davomida ijodkor va havaskor yoshlarning shoirga atab yozgan she’rlari o‘qildi, san’atkorlar tomonidan shoir she’rlari bilan aytiladigan qo‘shiqlar yangradi.