O‘zbekiston yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

27.04.2024 00:00 O'zbekiston 5

Futbol bo‘yicha U-23 Osiyo Kubogi chorak finalida O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi 26-aprel, juma kuni Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib bordi.

photo_2024-04-26_20-57-06-RxUAhEbu

Foto: O‘FA

Birinchi bo‘limning oxirida o‘zbekistonliklar hisobni ochdi. Husayn Norchayev darvozani ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘limda ham O‘zbekiston futbolchilari yaxshi harakat qildi. 70-daqiqada esa Saudiya futbolchisi Ayman Yahyo qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Qolgan daqiqalarda saudiyaliklar bir kishi kam bo‘lib o‘ynashga majbur bo‘ldi. 84-daqiqada esa Umarali Rahmonaliyev hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. 

Shu tariqa Timur Kapadze shogirdlari 2:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi yarim finalda Indoneziyaga qarshi bahs olib boradi. Jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv 29-aprel sanasida bo‘lib o‘tadi.

U-23 Osiyo Kubogi

Chorak final

26-aprel, juma

O‘zbekiston U-23 – Saudiya Arabistoni U-23 2:0