O‘zbekistondagi eng yirik kompaniyalar, mamlakatning eng katta soliq to‘lovchilari – Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari IPO'ga chiqadi.
foto: ngmk.uz
“Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni transformatsiya qilish va xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorda 2024 yilning oxirigacha “Samarqand avtomobil zavodi” MChJdagi 75,2 foiz, “Dehqonobod kaliy zavodi”dagi 100 foiz davlat ulushi ommaviy savdoga chiqarilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, 7 ta yirik kompaniyadagi ulushlar pofessional konsultantlarni jalb qilgan holda, xalqaro bozorda ommaviy savdolarga chiqariladi.Gigant kompaniyalar bo‘lmish Navoiy KMK, Olmaliq KMK, “O‘zbekgidroenergo” va “O‘zbektelekom” AJ aksiyalarining ham 5 foizgacha qismi birlamchi (IPO) yoki ikkilamchi (SPO) ommaviy taklif vositalari orqali xalqaro fond bozorlariga chiqariladi.
Avvalroq yuqoridagi qaror bilan bir kunda imzolangan boshqa bir qaror asosida, 12 ta yirik korxonadagi davlat ulushining bir qismi ommaviy savdoga chiqarilishi haqida xabar berilgandi. Bu ikki qarorni birlashtirib aytganda, OKMK, “O‘zbekgidroenergo” va “O‘zbektelekom”ning 2 foiz ulushi mahalliy fond bozorida, 5 foizgacha ulushi esa xorijiy fond bozorida sotuvga qo‘yiladi.