Birlashga Arab Amirliklarining Dubay shahrida yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z nihoyasiga yetdi. E'tiborli jihati unda O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza, jami 7 medal jamg‘arib, to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
Chempionatda vakillarimizdan Xushnoza Shavkatova uch hatlab sakrashda, Barno Sayfullayeva balandlikka sakrashda, Nodir Norboyev ko‘pkurashda va Jonbibi Hukmova 400 metr masofaga yugurishda oltin medalga sazovor bo‘ldi.
![]()
Foto: Uza.uz
Shuningdek, Dilshoda Usmonova 3000 metrga o‘tgan stipl-chez bahsida kumush, ushbu yo‘nalishda yana bir atletimiz Mashhura Soibova esa bronza medalini qo‘lga kiritdi. Balandlikka sakrash musobaqasida Emiliya Rudina shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.