Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Haj ziyorati bo‘yicha ogohlantirish e’lon qilindi

29.04.2024 00:00 O'zbekiston 8

Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning ma’lum qilishicha, ayrimlar Umra vizasi, turistik (ziyorat) viza, biznes viza bilan Haj qilishni va’da qilmoqda. Buning esa mutlaqo imkoni yo‘q. Saudiya Arabistonida Haj amallarini bajarish uchun «Haj-2024» vizasi talab etiladi.

umra-safari-narxlari

Saudiya Arabistoni Podshohligi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq, chet el fuqarolari uchun Haj ibodatini ado etishning asosiy sharti Haj vizasiga ega bo‘lish hisoblanadi. Qolgan barcha turdagi vizalar (umra, turizm, biznes, ziyorat va b.lar) bilan Haj tadbirini amalga oshirish Saudiya qonunchiligiga ko‘ra qat’iyan taqiqlangan va tegishli tartibda jazolanadi.  

O‘zbekiston uchun ajratilgan Haj kvotasi faqatgina Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan tashkil etiladigan Haj safariga otlangan ziyoratchilarga ajratilgan.  

Muborak safarlarga noqonuniy yo‘llar bilan borishga intilish 6 oy qamoq jazosi, Saudiya Arabistonidan deport qilish va Saudiya Arabistoniga har qanday viza bilan 10-yil muddatga kirishni taqiqlash hamda 100 000 saudiya riyoli (26.000 AQSH dollari) miqdorida jarima solishga olib keladi.