Buxoroda mansabdor shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

01.05.2024 00:00 O'zbekiston 4

Bosh prokuror o‘rinbosari Sh.To‘xtaboyev boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan Buxoro viloyatida joylashgan madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasidagi ishlar o‘rganildi. 

bljsBrxVCtG54sazffMa0QNjtQgNDiye_front

Foto: Uza.uz

O‘zbekiston milliy axborot agentligi xabar qilishicha, ishchi guruhi Madaniy meros agentligi mutaxassislari bilan birgalikda Buxoro shahridagi bir qator tarixiy yodgorliklar, ya’ni “Xo‘ja Kalon” masjidi, “Xusayni” va “Nodir Devonbegi” madrasalari hamda “Ark” majmuasi devorlarini restavratsiya va ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.  

O‘rganishda ushbu yodgorliklarda bajarilgan ishlar hujjatlariga soxta yozuvlar kiritish yo‘li bilan restavratsiya va ta’mirlash ishlarida, ya’ni “Xo‘ja Kalon” masjidida 731 million so‘m, “Xusayni” madrasasida 216 million so‘m, “Nodir Devonbegi” madrasasida 90 million so‘m, Buxoro shahri tarixiy markazi hududida joylashgan 74 ta obyektga manzil ko‘rsatgich belgilari o‘rnatish uchun ajratilgan 50 million so‘m byudjet mablag‘i talon-taroj qilingani aniqlandi.  

ASgagG3zek8DLUPv9EwH5rHOFD2UHnoi_front

Foto: Uza.uz

Bundan tashqari, Buxoro mintaqaviy restavratsiya markazi mansabdor shaxslari tomonidan 2,3 milliard so‘m byudjet mablag‘i tovar-moddiy boyliklar sotib olish uchun sarflangani yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, amalda mablag‘lar talon-taroj qilingan.  

O‘rganish natijasiga ko‘ra, Buxoro mintaqaviy restavratsiya markazi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.