foto:Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Singapur parlamenti spikeri Sia Kian Pengni qabul qildi.
Shundan so‘ng prezident Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Aqilbek Japarovni qabul qildi.
Suhbat davomida O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport va logistika sohalarida hamkorlikni kengaytirish, hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Qambarota GES-1 va Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘lini qurish loyihalarining amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikda yuksak darajaga erishilgani qayd etildi. Bugungi kunda qo‘shma loyihalar portfeli 30 milliard dollardan oshdi.
O‘zbekistonda energetika tarmog‘ini rivojlantirishga eng ko‘p investitsiya kiritgan ACWA Power kompaniyasi bilan samarali hamkorlik qilinayotgani ta’kidlandi.
Xabarda aytilishicha, bu galgi forum doirasida “yashil” energetika, infratuzilma, sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohalarida 18 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha bitimlar imzolanadi.