Toshkent shahridan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga (Chorvoqqa) mavsumiy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyatiga keluvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida ushbu. Avtobuslar «Mashinasozlar» metro bekatidan soat 8:00 va 18:00 da jo‘naydi. Chorvoqdan esa 6:00 va 16:00 da harakatlanadi.
Qatnovlar YUTONG avtobuslarida amalga oshirilmoqda. Ushbu yo‘nalishda yo‘lkira narxi – 20 000 so‘m. Qatnov masofasi – 75 km.
Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, avtobuslarning grafik asosida Chorvoqqa qatnovi 2023-yilning yozida boshlangan edi. O‘tgan yili yo‘lkira narxi 15 ming so‘m bo‘lgan.