O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi vafot etdi

O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi vafot etdi

19.06.2024 00:00 O'zbekiston 5

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri mamlakatimizning Koreya Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Vitaliy Fen vafot etganini ma’lum qildi.

398f7546c7fdac3c9fc10b7e4c848ced

Foto: Yuz.uz

Vazir Baxtiyor Saidov telegramdagi sahifasida quyidagi fikrlarni e'lon qildi:

"V.Fen butun umrini Vatanimiz ravnaqi yo‘lida xizmat qilishga bag‘ishlagan atoqli davlat arbobi, sport ustasi va professional diplomat edi. U 25 yil davomida davlatimizning Seuldagi diplomatik vakolatxonasini boshqarib, O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shdi. Vitaliy Vasilevichning ko‘p yillik faoliyati ikki mamlakat munosabatlari tarixida o‘chmas iz qoldirdi", deya post qoldirgan tashqi ishlar vaziri.

Vitaliy Fen “Fidokorona xizmatlari uchun” va “Mehnat shuhrati, shuningdek Janubiy Koreyaning “Gvangxva” ” ordenlari bilan taqdirlangan.