Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marg‘ilon shahar bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan M.X. Rayhon ko‘chasidagi qurilishi tugallanmagan binoda umumiy bahosi 220 mln so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan 4 turdagi jami 24 440 quti tamaki mahsulotlarini o‘tkazish maqsadida saqlab kelganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.