Halilillo To‘raxo‘jayev Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi lavozimiga saylandi

Halilillo To‘raxo‘jayev Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi lavozimiga saylandi

21.06.2024 00:00 O'zbekiston 4

Senatning 53-yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisini saylash masalasi ham ko‘rib chiqildi.

LkoJ6JIvtVQQ1j7ZphDR44UoGV03jb

Foto: Senat.uz

Xabaringiz bor, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 95-moddasi hamda 109-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Senat tomonidan saylanadi.

Senatorlar mazkur masala yuzasidan o‘z munosabatlarini bildirdi hamda Halilillo Sobirjonovich To‘raxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi lavozimiga saylandi.

Ushbu masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.