Mo‘g‘uliston prezidenti O‘zbekistonga keldi

Mo‘g‘uliston prezidenti O‘zbekistonga keldi

23.06.2024 00:00 O'zbekiston 5

2024-06-23 17.44.42-fc-Kiv2s

foto: Bosh vazir matbuot xizmati

Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux rafiqasi Luvsandorj Bolorsetseg hamrohligida 23-iyun kuni O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda Bosh vazir matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent xalqaro aeroportida Oliy martabali mehmonni bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Qisqa suhbatdan so‘ng, Mo‘g‘uliston prezidenti va uning turmush o‘rtog‘i tashrif dasturidan o‘rin olgan navbatdagi manzilga jo‘nab ketdi.

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Mo‘g‘uliston yetakchisi 23—26-iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lishi haqida xabar berilgandi.