Osiyo Futbol Konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi.
Tashrif davomida OFK delegatsiyasi Oʻzbekistonda futbolni yanada ommalashtirish, futbol infratuzilmasini rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator muhim loyiha va obyektlar bilan tanishishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, tashrif doirasida mamlakat futbolini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi hamkorlik yoʻnalishlariga eʼtibor qaratiladi.