Ko‘p qirrali basketbol.

16.06.2026 12:06 Video 1561 ipaknews.uz Video

Xitoyning Sitszan avtonom rayoni Linchji okrugida “Namcha-Barva kubogi” turniri doirasida basketbol uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Linchji Sitszanning janubi-sharqida joylashgan bo‘lib, o‘zining mo‘tadil iqlimi, dengiz sathidan nisbatan qulay balandligi va sport tadbirlarini o‘tkazish uchun yaratilgan yaxshi sharoitlari bilan mashhur.

Mazkur turnir 20 yildan ortiq vaqtdan buyon o‘tkazib kelinadi va har yili ko‘plab tomoshabinlarni o‘ziga jalb etadi. Muxlislarning ta’kidlashicha, musobaqa nafaqat sport jihati bilan, balki mintaqaning betakror tabiati bilan tanishish hamda mamlakatning turli hududlaridan kelgan mehmonlar bilan muloqot qilish imkoniyati bilan ham qiziqarlidir.

Bugungi kunda Linchjida 1300 dan ortiq sport inshootlari mavjud bo‘lib, har yili 70 dan ziyod sport tadbirlari tashkil etiladi. Hudud rahbariyati, shuningdek, futbol, rafting, kross yugurish va velosport bo‘yicha musobaqalarni ham rivojlantirishni rejalashtirmoqda.