Oʻzbekistonliklar pomidor eksportidan 36 mln AQSH dollari ishlab oldi

2025-yilda Oʻzbekiston 12 ta xorijiy davlatga qiymati 36 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 45,2 ming tonna pomidor eksport qilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Yil davomida Oʻzbekiston eng koʻp pomidor yetkazib bergan davlatlar quyidagicha taqsimlangan:

  • Rossiya – 32 786 tonna;
  • Qozogʻiston – 6 850 tonna;
  • Qirgʻiz R. – 5 115 tonna;
  • BAA – 325,8 tonna;
  • Tojikiston – 48,2 tonna;
  • Boshqa davlatlar – 81,6 tonna.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, eksport hajmi 2024-yilga nisbatan 3,3 ming tonnaga kamaygan.