Futbol bo‘yicha Osiyo chempionlar ligasining final bosqichida "Al Ayn" va "Yokogama Marinos" jamoalari bahs yuritadi.
Foto: Uza.uz
11-25 may kunlari o‘tishi kutilayotgan o‘yinlarida ishlaydigan hakamlar e’lon qilindi.
E'tiborli jihati, Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar jamoasi 25-may kuni Birlashgan Arab Amirliklarida OCHL g‘olibi aniqlanadigan so‘nggi uchrashuvni boshqarib boradi.
Uchrashuvda I. Tantashevga qanotlarda Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam ko‘rsatsa, Rustam Lutfullin zaxira hakami vazifasini bajaradi. Yana bir o‘zbekistonlik futbol mutaxassisi Sanjar Shoyusupov zaxira hakami yordamchisi etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionlar ligasining ilk o‘yini 11-may kuni Yaponiyada bo‘lib o‘tadi.