Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni e‘lon qilindi

05.05.2024 00:00 O'zbekiston 7

e-dTGdLiI_61rvBmrlDft-XHEUtHFFvV

foto:Google Images

O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘pligi ma’lum qilindi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil 1-aprel holatiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 14 226 tani tashkil etgan. Shundan 4 576 tasi qo‘shma korxonalar va 9 650 tasi xorijiy korxonalar hisoblanadi. 

Xorijiy kapital ishtirokida eng ko‘p faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:

  • Rossiya — 3 019 ta;
  • Xitoy — 2 501 ta;
  • Turkiya — 1 886 ta;
  • Qozog‘iston — 1 102 ta;
  • Janubiy Koreya — 727 ta;
  • AQSH — 311 ta;
  • Tojikiston — 307 ta;
  • Qirg‘iziston — 280 ta;
  • Ozarbayjon — 236 ta;
  • Germaniya — 220 ta;
  • Turkmaniston — 187 ta.

O‘zbekistonda 2024-yilning 1-fevral holatiga ko‘ra xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 14 ming 199 tani tashkil etgan. Hududlar kesimida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni poytaxt Toshkentda ko‘proq — 9 240 ta. 2-pog‘onada Toshkent viloyati — 1 597 ta. Kuchli uchlikda Samarqand viloyati joylashgan — 565 ta xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar mavjud.